Gimnastika maydonida iqtidorlar saralandi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida “Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari dasturi doirasida badiiy gimnastika bo‘yicha “Viloyat hokimi olimpiadasi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Navoiy viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida tashkil etilgan bellashuvlarda viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar badiiy gimnastika bo‘yicha o‘z mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etib, g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida Navoiy viloyati Sport boshqarmasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hududiy bo‘limi va sport ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni kashf etish hamda ularni yuqori bosqichdagi musobaqalarga tayyorlashga xizmat qiladi.
Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA