Gilamda iqtidorli sambochilar
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida to‘rt yuzdan ortiq sportchi kuch sinashdi.
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuida sambo bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida to‘rt yuzdan ortiq sportchi kuch sinashdi.Mamlakatimizda sportning barcha turlari qatori sambo ham keng ommalashmoqda. Sportchilarimiz qit’a va jahon chempionatlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.
Bellashuvlarda Avaz Abdujalilov, Ahmad Rahmatullayev, Shahzod Rahmatullayev, Doniyor Ismoilov, Sherzod Azimov, Janona Rahimqulova, Oydinoy Bozorova, Husnida Qo‘chqorova, Ra’no Shodiyeva kabi sportchilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, oltin medal bilan taqdirlandi.