G‘ijduvonda qishloq xo‘jaligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Fermerlar kengashi tashabbusi bilan G‘ijduvon tumanida qishloq xo‘jaligidagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish va o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi ishlarini agrotexnik muddatlarda amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yerdan samarali foydalanish hamda sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, fermerlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishildi va dala atroflarini plastik chiqindilardan tozalash ishlari tashkil etildi.
[gallery-30421]
Tumandagi “Kalon Majid” fermer xo‘jaligi dalasida o‘tkazilgan amaliy seminarda fermer xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va hududlarda sanitariya holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilarga Fermerlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi.
Seminar ishtirokchilari “Kalon Majid” fermer xo‘jaligida amalga oshirilayotgan chorvachilik va boshqa qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishdi
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA