Gidroponika usulidagi issiqxona
To‘rtko‘l tumani Paxtachi ovulida tadbirkor Serikboy Raxmetov tashabbusi bilan tashkil etilgan gidroponika usulidagi zamonaviy issiqxona 2 gektarga qurilgan. Issiqxonaga Eron davlatidan keltirilgan ilg‘or texnologiyalar o‘rnatilgan.
– Faoliyatimiz asosan ichki va tashqi bozorga pomidor yetishtirishga yo‘naltirilgan, - deydi tadbirkor S. Raxmetov. – Mahalliy bozordan ortgan mahsulotni Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilyapmiz.
[gallery-495]
Tobida parvarishlangan pomidor ko‘chatlari ayni paytda hosil to‘plashni boshlagan. Omilkorlar 15-20 kunlarda pomidorni yig‘ishga kirishadi. Ular mavsum davomida 400 tonnadan ortiq hosil olishni ko‘zlagan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA