Germaniyada “Baxtiyor oila” tadbiri o‘tkazildi
Germaniya Federativ Respublikasi Myunxen shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bag‘ishlangan “Baxtiyor oila” loyihasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yuzdan ziyod ishtirokchi, jumladan nemis-o‘zbek madaniy hamjamiyatlar rahbarlari, ishbilarmonlar, jamoat tashkilotlari vakillarini bir joyga jamlagan tadbirda o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi, madaniy va ma’naviy qadriyati, shuningdek mamlakatdagi joriy ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlar haqida batafsil so‘z yuritildi.
Ishtirokchilar “Mening tanlovim – obod vatanim” shiori ostida o‘tadigan O‘zbekiston Oliy Majlisiga saylov yuzasidan yetarli ma’lumotga ega bo‘ldilar. Olmon diyori vaqtincha yashab, o‘qib, xizmat qilayotgan hamyurtlarimiz saylovda faol ishtirok etish orqali demokratik islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyorliklarini bildirishdi.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida erishgan yutuqlar e’tirof etildi. Mehmonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, konsert dasturi namoyish etildi.
“Baxtiyor oila” loyihasi asoschilari Begoyim Sodiq va Lobar Boboyeva mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad o‘zbek an’analarini asrash va targ‘ib qilish, xususan Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz birdamligini mustahkamlashga hissa qo‘shishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Aziza Alimova, O‘zA