Germaniya terma jamoasida jiddiy yo‘qotish: Serj Gnabri JCh-2026 ni o‘tkazib yuboradi
«Bavariya» va Germaniya terma jamoasi vingeri Serj Gnabri jiddiy jarohat oldi.
Sky Germany nashri xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi mushaklari yirtilgani sababli 3 oydan 4 oygacha bo‘lgan vaqtni maydondan tashqarida o‘tkazadi. U jarohati sabab 4 yillikning eng nufuzli turniri Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi.
Joriy mavsumda Gnabri o‘z klubi safida 37 ta o‘yinda 10 ta gol urib, 11 ta golli uzatma amalga oshirgan. U «Bundestim» uchun 59 ta o‘yinda 26 ta gol kiritgan.