GEF doirasida IHT va BMT mutasaddilarining uchrashuvlari o‘tkazildi
Samarqandda "Eco Expo Central Asia 2026" doirasida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) Atrof-muhit bo‘yicha 6-vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda IHTga a’zo davlatlar, xususan, O‘zbekiston va Ozarbayjon vakillari ishtirok etib, ekologik hamkorlikni 12 yillik tanaffusdan so‘ng qayta faollashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida mintaqada iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurashish, o‘rmonlarni barqaror boshqarish hamda qum-chang bo‘ronlarining oldini olish choralari ko‘rib chiqildi. Yakunda mintaqaviy ekologik sheriklikning yangi bosqichini belgilab beruvchi IHTning 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan Atrof-muhitni muhofaza qilish hadli dasturi hamda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shu bilan birga, Global ekologik fond Assambleyasi doirasida Markaziy Osiyo atrof-muhit vazirlari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari, Atrof-muhit dasturi bo‘yicha ijrochi direktori Inger Andersen uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston vakillari mintaqaviy ekologik hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida havo sifatini yaxshilash, qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurashish hamda havo monitoringi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturi bilan birgalikda mintaqaviy dastur ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi. Shuningdek, O‘zbekistonning 2025-yildagi tajribasiga tayangan holda, butun ekologik tendensiyalarni baholovchi yagona Markaziy Osiyo atrof-muhit o‘zgarishlari atlasini yaratish taklif etildi. Yakunda tomonlar Monreal protokoli doirasidagi hamkorlik hamda mintaqaning BMT tizimidagi nufuzini oshirish ustuvor vazifa ekanini qat’iy tasdiqladilar.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/imH0svgf9Mc?si=hM9YdSGnbj7d4Zde" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, O‘zA