Gaz qimmatlashgani uchun neft narxi ham oshmoqda
Neftning jahon bozoridagi narxi ikki foizga oshdi. Gazning qimmatlashgani uchun neftga bo‘lgan yuqori talab ham saqlanib turibdi, deyiladi tahlilchilarning hisobotlarida.
Ertalab qora oltinning Brent markasi uchun dekabr oyi fyucher narxi 1,63 foizga oshib, bir barreli 83,74 dollargacha ko‘tarildi,
OPEK+ning so‘nggi majlisida alyans neft qazib olish miqdorini oshirmay turishga kelishib olgandi. Neft narxining yuqoriligiga ushbu qaror ham sabab bo‘lmoqda, deyiladi xabarda.
Kuzatadigan bo‘lsak, so‘nggi vaqtlarda boshqa energoresurslarning ham narxi qimmatlashayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, oktyabr oyida ko‘mirning narxi rekord darajaga ko‘tarilib, har bir tonnasi uchun 300 dollar beriladigan bo‘ldi.