G‘aniyev Nurbek O‘ktamovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
“Navoiy viloyati Qiziltepa tumani toponimlarining etimologik va kognitiv tadqiqi” mavzusida
G‘aniyev Nurbek O‘ktamovichning “Navoiy viloyati Qiziltepa tumani toponimlarining etimologik va kognitiv tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi himoyasi Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 19 maykuni soat 10:00 dagi majlisida onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
(Manzil: 130100, Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy, Tel.: (872) 226-13-57 faks: (872) 226-46-56; e-mail: jspi_info@umail.uz. Jizzax davlat pedagogika instituti, Bosh o‘quv bino, 2-qavat, ma’ruzalar zali)
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 187 000 so‘m (QQS bilan).