Gandbolchi qizlarimiz jahon chempionati yo‘llanmasini ko‘zlamoqda
Qozog‘istonda gandbol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida qit’amizning eng sara jamoalari qatorida O‘zbekiston termasi ham ishtirok etmoqda.
Jumladan, chempionatda O‘zbekiston, Xitoy, Hong Kong, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari chempionlik va jahon chempionatiga beriladigan ikki yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda.

Musobaqa doirasida vakillarimiz Qozog‘iston hamda Xitoy jamoalariga qarshi kechgan bahslarda mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, kuni kecha Eron terma jamoasini 48-31 hisobida taslim etdi.

Endi terma jamoamiz bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi raqobatlashsa, 15-may kuni Hong Kong terma jamoasiga qarshi hal qiluvchi uchrashuvda o‘ynaydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA