G‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizda taekvondo (WTF) bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
Musobaqada uch yuz nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Chempionatning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Sarvar Sheraliyev, Temur Orolov, Abdurahmon Jumaboyev, Vladislav Xan, Zuhriddin Xonimqulov, Sultonbek Chorshamboyev, Qodirali Rahmonov kabi sportchilar shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Qizlar o‘rtasida Dildora Elieva, Dinora Mamatibragimova, Dilobar Sa’dullaeva, Shahlo Hakimova va Nataliya Mamatova o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.