G‘olib jamoa mamlakat bosqichiga boradi
Nukusda “Futbolimiz kelajagi” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda “Futbolimiz kelajagi” turnirining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, ayniqsa, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida uni yanada ommalashtirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan turnirda quyi bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 12 jamoa ishtirok etdi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada uch yosh toifasidagi guruhlar g‘oliblik uchun bahslashdi.
9-10 yoshli bolalar guruhida Amudaryo tumani jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 11-12 yoshli bolalar o‘rtasida Taxtako‘pir tumani jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa, 13-14 yosh o‘smirlar o‘rtasidagi bellashuvda Amudaryo tumani jamoasiga teng keladigan topilmadi.
G‘olib jamoalar turnirning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.