FVV xodimlari «Zakovat»da bellashdi
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari o‘rtasida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida «Zakovat» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada vazirlik Markaziy apparati, hududiy (bosh) boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilari hamda xizmatchilari va faxriylaridan iborat jami 25 ta jamoa ishtirok etdi.

Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni – «Markaziy apparati» jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin – «Navoiy viloyati» jamoasiга va 3-o‘rin – «LUOK» MCHJ ob’ektlaridagi favqulodda vaziyatlar марказига nasib etdi.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga Favqulodda vaziyatlar vazirining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
G.Boboyeva, O‘zA