Futbolda VAR tizimi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida millionlar o‘yini mutaxassislari, klublarning vakillari, hakamlar va bevosita uning translatsiyasiga aloqador ommaviy axborot vasitalari xodimlari uchun VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha ikki kunlik seminar mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda “Hawk-Eye” kompaniyasi dasturlovchi menejeri Artyom Kulajskiy VAR tizimida ishlash, uning afzalliklari, qo‘llash tartibi xususida hamda xorijiy davlatlarda ushbu tizimdan foydalanish tamoyillari haqida gapirib berdi.

Ikki kunlik seminarning birinchi qismida nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilgan bo‘lsa, bugun 28 oktyabr kungi seminar amaliy mashg‘ulotlar tarzda o‘tkazildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA