Fuqarolarga aliment pullari Jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Aliment to‘lovlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bilan Aliment to‘lovlari jamg‘armasi to‘g‘risida nizom tasdiqlangan.
Jamg‘arma mablag‘lari voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganlik uchun qarzdor jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda, aliment to‘lovlaridan yuzaga kelgan qarzdorlikni biryo‘la undiruvchiga to‘lab berishga yo‘naltiriladi.
Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham o‘tgan davrda 20 nafar aliment oluvchilarga 249 mln. so‘m aliment pullari jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi.
Jumladan, 2018 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan yakkabog‘lik qarzdor I.Bo‘riyevdan undiruvchi M.Bo‘riyeva foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Davlat ijrochilarining ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgani natijasida qarzdorlik 20 mln.dan oshib ketgan. I.Bo‘riyev dastlab ma’muriy, so‘ngra jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qarzdorlikni undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli, Sh.Meyliyevaga 20 mln. 728 ming so‘m aliment pullari jamg‘arma hisobidan to‘lab berildi.
Qamashilik Sh.Meyliyevaga ham 3 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan 17 mln. 59 ming so‘m aliment pullari to‘landi.
Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA