Fransuz tilida ravishlarning semantik evolyutsiyasi va intensivlikni ifodalashdagi roli
Azamatbek Abduxalilovich NORMATOV filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Andijon davlat chet tillari instituti Andijon, O‘zbekiston e-mail: normatovazamatbek84@gmail.com https://orcid.org/0009-0003-5411-2091
Annotatsiya
Maqolada fransuz tilida -ment qo‘shimchali ravishlar yordamida sifat intensivligini ifodalash masalasi semantik va funksional jihatdan tahlil qilingan. Bunday ravishlarning sifat bilan birikish xususiyatlari, ularning nutq jarayonida yuz beradigan semantik transformatsiyasi hamda grammatiklashuv jarayoni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, -ment qo‘shimchali ravishlarning stilistik imkoniyatlari va belgining kuchaytirilgan darajasini ifodalashdagi roli misollar bilan yoritilgan. Natijada ushbu birliklar fransuz tilida intensivlik kategoriyasini ifodalovchi muhim lingvistik vositalardan biri ekanligi ko‘rsatilgan.
Tayanch so‘zlar: intensivlik kategoriyasi, -ment qo‘shimchali ravishlar, semantik evolyutsiya, grammatiklashuv jarayoni, sifat intensivligi, fransuz tilshunosligi.