Fransiya terma jamoasi ustozi "Real Madrid"ni boshqarishi mumkin
2025-yilda Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar"ni tark etganidan so‘ng, klub birorta ham katta sovrinni qo‘lga kiritgan yo‘q va barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti.
Fransiya milliy terma jamoasi ustozi Didye Desham Madridning "Real" klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiylardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Joriy yilning iyun - iyul oylarida AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qilgan Deshamning xizmatlariga Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirmoqda. "Qirollik klubi" 57 yoshli mutaxassisni jamoa boshqaruviga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar qatorida ko‘rmoqda. 2025-yilda Karlo Anchelotti "qaymoqranglilar"ni tark etganidan so‘ng, klub birorta ham katta sovrinni qo‘lga kiritgan yo‘q va barqaror o‘yin namoyish eta olmayapti. Ayni vaqtda klubni boshqarayotgan Alvaro Arbeloa ham joriy mavsumni titullarsiz yakunlashi mumkin.
"Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres jamoaga eski qudratini qaytara oladigan mutaxassis qidirmoqda.