Fransiya Paragvayni minimal hisobda yengib, chorak finalga yoʻl oldi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining nimchorak final bahslari davom etmoqda.
Jahon chempionatida eng yorqin jamoa sifatida koʻrinayotgan Fransiya milliy terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv kutilganidek fransuzlarning katta ustunligi ostida oʻtdi. Lotin Amerikasi vakillari esa agressiv oʻyin namoyish etishdi. Bahsning 70-daqiqasida Dezire Duega nisbatan ishlatilgan qoʻpollik sabab belgilangan penaltini Kilian Mbappe golga aylantirib hisobni ochdi. Ushbu gol esa oʻyin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, Fransiya chorak finalda Marokashga qarshi bahs olib boradigan boʻldi.