Fransiya delegatsiyasi bilan uchrashuv
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda “MEDEF Internasional” Fransiya korxonalari harakati a’zolaridan tarkib topgan fransuz ishbilarmonlari delegatsiyasi mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turibdi.
Joriy yilning 4 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ularni qabul qildi.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim sheriklaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan ko‘plab sohalarda faol hamkorlik qilib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi va mutlaqo yuqori darajaga olib chiqdi.
Ayni paytda yurtimizda Fransiya sarmoyasi ishtirokida 50 ga yaqin korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular orasida “Suez”, “EDF”, “Airbus”, “Orano”, “Total” va boshqa kompaniyalar faoliyatini bunga misol bo‘la oladi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa qator sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishish zarurligi qayd etildi, uzoq muddatli hamkorlikni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
A’lo ABDULLAEV, O‘zA