Foydalanişga qabul qilinmagan uylarga fuqarolarning köçib kirişi jinoiy javobgarlikka sabab böladi
Senatning 21-yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qurilişi tugallanmagan köp kvartirali uylarda noqonuniy yaşaşning oldini olişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun muhokama qilindi.
Senatning Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi örinbosari Qobil Tursunov xususiy mulk daxlsizligini kafolatlaş hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga qaratilgan keng kölamli huquqiy islohotlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi.
Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham fuqarolarning uy-joy huquqini taʼminlaş va mulk huquqining daxlsizligini kafolatlaşga qaratilgan muhim normalar mustahkamlangan.

Qonun bilan belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga buyurtmaçining, pudratçining masʼul şaxsi va (yoki) mansabdor şaxsi tomonidan yöl qöyilganligi uçun töğridan-töğri jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Şaharsozlik kodeksiga buyurtmaçilar va pudratçilarning zimmasiga belgilangan tartibda foydalanişga qabul qilinmagan köp kvartirali uylarga fuqarolarning köçib kirişiga yöl qöymaslik çoralarini köriş majburiyati yuklatilişini nazarda tutuvçi qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.

Muhokama davomida senatorlar qonunning amaliy ahamiyatiga alohida töxtalib, mazkur özgartirişlar uy-joy bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişga hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qilişini taʼkidladi.
Senatorlar qonunni maʼqulladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat), ÖzA