FOTOREPORTAJ: Eng faol volontyorlar taqdirlandi
Termiz shahridagi Yoshlar markazida “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” oyligi doirasida III Respublika volontyorlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan viloyat Volontyorlar maktabining 1-mavsum bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, yil davomida faol bo‘lgan volontyorlar taqdirlandi.
[gallery-4977]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Amirxon Rahmonov “Yilning eng yosh volontyori”, O‘rol Tojiyev “Yilning eng faol mentor-treneri”, Gulasal Fayzullayeva esa “Yilning eng faol volontyori” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Forum davomida maktab mentor-trenerlari tomonidan Volontyorlar maktabining yil davomida amalga oshirgan ishlari va loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA