Forum ishtirokchilari bilan uchrashuv
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizda MDH, Boltiqbo‘yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokida mintaqaviy forum o‘tkazildi.
Forum doirasida Ukraina Fanlar akademiyasi akademigi, professor Vladimir Platonov va Ukraina Olimpiya akademiyasi prezidenti, professor Mariya Bulatova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bo‘lib, dastlab talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Mehmonlarda talabalar madaniyat saroyi, kutubxona, sport manejlari, boks zali, muzeyi va boshqa majmualar katta taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng xorijlik olimlar universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorli magistrlar, shuningdek, murabbiylari uchun xalqaro sport harakati va olimpiya tizimiga oid bir qator mavzularda ma’ruzalar o‘qidi.
Uchrashuv so‘nggida mehmonlarga “Universitetning faxriy doktori” unvoni va esdalik sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston Jisoniy tarbiya va
sport universiteti matbuot xizmati.