Fitch Ratings OKMKning kredit reytingini “BB” darajasida, prognozni esa “Barqaror” deb tasdiqladi
2026-yil 15-may kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning kredit reytingi bo‘yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko‘ra, kombinatning kredit reytingi “Barqaror” prognozi bilan “BB” darajasida tasdiqladi.
Reytingning tasdiqlanishi kombinatning O‘zbekiston uchun yuqori iqtisodiy ahamiyatga egaligini, davlatning kuchli qo‘llab-quvvatlovi hamda barqaror moliyaviy intizomini aks ettiradi. Agentlik OKMKning mamlakatdagi yirik mis ishlab chiqaruvchisi, eng yirik soliq to‘lovchi va eksportchilardan biri sifatidagi rolini, shuningdek, investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini yuqori baholadi.
Ushbu reyting xalqaro investorlarning kombinatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi va uning global moliya bozorlaridagi imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Olmaliq KMK” AJ rivojlanish strategiyasini izchil tatbiq qilish bilan ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish hamda korporativ boshqaruv standartlarini mukammallashtirish orqali, Markaziy Osiyodagi yetakchi metallurgiya korxonalaridan biri maqomini tasdiqlamoqda.