Firibgarlar «Poytaxt Parking» nomidan xabar yubormoqda
Toşkent şahar hokimligi poytaxt aholisini firibgarlikning yangi turidan ogohlantiradi. Jinoyatçilar «Poytaxt Parking» pullik avtoturargohlar tizimi nomidan SMS-xabar yuborib, tölanmagan qarzdorlik borligini va uni manbadagi havola orqali zudlik bilan tölaşni taklif qilmoqda.
Bir qaraşda bu xabarlar rasmiydek tuyuladi. Biroq buning ortida foydalanuvçilarning şaxsiy va bank maʼlumotlarini egallaşni maqsad qilgan firibgarlik sxemasi yaşiringan.
Toşkent şahar hokimligi maʼlumotiga köra, «Poytaxt Parking» bunday SMS-xabarlarni yubormaydi va qarzdorlikni uçinçi tomon havolalari orqali tölaşni söramaydi. Şu bois, şunga öxşaş har qanday xabarni soxta va xavfli deb baholaş lozim.
Tölovni şoşilinç amalga oşirmaslik juda muhim. Şubhali SMS-xabar kelsa, zinhor bank kartasi va avtoulovni röyxatdan ötkaziş maʼlumotlarini kiritmang. Eng töğri yöl — xabarni öçirib taşlaşdir.
Agar foydalanuvçi havolaga ötib, bank kartasi raqamini kiritib qöygan bölsa, zudlik bilan bankka murojaat qilib, kartani bloklaşi kerak.
Avtoturargoh uçun qarzdorlik bor-yöqligini tekşirişning yagona xavfsiz yöli — «Poytaxt Parking» rasmiy mobil ilovasidan foydalanişdir. Aynan uşbu ilova xolis va işonçli axborot manbai hisoblanadi.
Qöşimça savol yoki muammolar yuzaga kelganda, 78 113-67-00 telefon raqamiga yoki «Telegram»dagi rasmiy @PoytaxtParkingsupportbot qöllab-quvvatlaş botiga murojaat qiliş tavsiya etiladi.
Roman BONDARÇUK, ÖzA