Festivalga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda
Ayni kunlarda 25-30 avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Festival doirasida 27-28 avgust kunlari «Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu nufuzli konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish va unga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori vazifasini bajaruvchi Eldor Shermanov boshchiligida konferensiya tashkiliy guruhi bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivali doirasida konferensiyaga taklif etilayotgan xorijiy va mahalliy olimlar bilan muntazam aloqada bo‘lish, kelayotgan ilmiy maqolalarni saralash, munosiblarini esa tahrirlash va boshqa tashkiliy masalalar hamda vazifalar kelishib olindi.
N.Usmonova,
O‘zA