Favqulodda vaziyatlar vazirining axboroti eshitiladi
Mamlakatimizda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar hamda suv ob’ektlarida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha bir qator huquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan kuzatuv va axborot tizimlari hamda boshqa zamonaviy texnika vositalari favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim rol o‘ynamoqda.
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan joylarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aholini yong‘inlardan muhofaza qilish, ayniqsa, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar, tibbiyot muassasalarida yong‘inlarning oldini olish borasida ayrim masalalar mavjudligi aniqlandi.

Shundan kelib chiqib, parlament quyi palatasi majlisida Favqulodda vaziyatlar vaziri B. Qudratxo‘jayevning “Aholini yong‘inlardan muhofaza qilish, xususan, ijtimoiy soha ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitiladi.
Bu haqda Qonunchilik palatasining tegishli qarori qabul qilindi.
Muhtarama Komilova, O‘zA