Farg‘onalik jurnalistlar Hindistonda (+video)
Davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarning nechog‘li mustahkamligi bir jihatdan ommaviy axborot vositalariga ham bog‘liq. Hindiston jurnalistlari assosatsiyasi yoki uni Hindiston matbuot klubi deb ham ataydilar, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan o‘zaro tajriba almashuv yuzasidan muzokaralar olib borgandi. Uning natijalariga asosan, 16 nafar farg‘onalik jurnalistlar delegatsiyasi Dehli shahrida bo‘lib turibdi.
Dastlabki muloqot Hindiston matbuot klubida bo‘lib o‘tdi. Unda farg‘onalik jurnalistlar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, so‘z va matbuot erkinligi haqida gapirib berdilar. Hindiston jurnalistlari assosatsiyasi – xalqaro matbuot klubi prezidenti va boshqaruv a’zolari so‘zga chiqib, Farg‘ona viloyati jurnalistlari bilan muloqot, amaliy hamkorlik ikki mamlakat munosabatlari mustahkamligiga xizmat qiladi, dedilar.
Tomonlar 2024 yil uchun o‘zaro hamkorlik kelishuvini imzoladilar.
Tantanali marosim chog‘ida Hindistonning eng ommabop nashrlari bosh muharrirlari, telekanallari raislari, internet saytlari boshqaruvchi va muharrirlari Manoranjan Bharati, Anish Kumar, Ashrof Ali va yana o‘n nafar boshqaruv a’zolari ishtirok etdilar.
[gallery-14729]
- Bugun Hindiston matbuoti tarixida yangi sahifa ochildi, - deydi “Impact PR” kompaniyasi direktori Kulprit Vesupa. - Boburiylar Vatani jurnalistlari bilan bajonidil hamkorlik qilamiz. Hindiston uchun O‘zbekiston juda yaqin. Nafaqat jug‘rofiy, balki ma’naviy va avlodlar qondoshligi ham bizni birlashtiradi.
- Biz kelgusi yil bahorida 5 nafardan jurnalistlarni 10 kun muddatga almashinuvini, jurnalistikaning siyosatga ta’siri masalasida o‘zaro xalqaro konferensiya o‘tkazish, ommaviy axborot vositalarining axborot ayriboshlash va mustahkam aloqalarini tashkil etishni zimmamizga oldik,-deydi Hindiston matbuot klubi vitse-prezidenti, NDTV Dehli televideniyesi boshqaruvchisi Manoranjan Bharati.
<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/MSbB40evlXM" title="Farg‘onalik jurnalistlar Hindistonda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Uchrashuvda O‘zbekistonning Hindistondagi Muvaqqat ishlar vakili Aziz Baratov ishtirok etdi va tomonlarni amaliy kelishuv imzolangani bilan tabrikladi.
Muallif Muhammadjon Obidov.
Tasvirchi Elyor Olimov.