Farg‘onada umumxalq xayriya hashari
Hashar turkiy xalqlargagina xos bo‘lgan insoniy fazilatlardan biri. Mahallada kimning uyida qurilish bo‘lsa, ko‘chalarga ko‘chat ekilsa otalar yoniga olib beg‘araz yordamga borgan.
Zamon, tuzim, rahbarlar o‘zgardi. Ammo hashar degan ibratli odat saqlanib qoldi.
Farg‘ona viloyati ko‘cha bog‘lari, ish, o‘qish joylarida aslida hashar boshlanganiga ancha kun bo‘ldi. Bugun esa ular mamlakat miqyosidagi umumxalq xayriya hasharida ishtirok etishyapti.
— Yashil makon umumilliy loyihasiga asosan viloyatimizda 9 million 557 ta ko‘chat ekilish rejalashtirilgan edi, -deydi Farg‘ona viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Madaminjon Ahmadjonov. – Viloyat hokimining tashabbusi bilan yana 3 million ko‘chat ekish topshirig‘i berildi. Hozir barcha yerda uni amalga oshirish ishlari davom etyapti.
Farg‘ona shahriga tutash Ekoshaharda hozirgacha 70 gektar maydonda yashil belbog‘ yaratildi. Bugun esa unga tutash yerlarga minglab turfa xil ko‘chatlar keltirildi. Viloyat hokimi Hayrullo Bozarov, nuroniy otaxonlar yangi yashil makonga birinchi ko‘chat ekilishi oldidan yurtimizga tinchlik-omonlik va baraka tilab duoi fotiha qildilar. Viloyat va shaharning turli idora vakillari, mahallalar ahli erta tongdan ish qurollari bilan keldilar, bu yerga.
— Mahallalar, ko‘chalar, qabristonlar, ko‘p qavatli uylar o‘rtasidagi bolalar maydonchalarida keng ko‘lamli tozalov obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda,-deydi Mahalla xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyat bo‘lim boshqaruvi raisi Bahodirjon Yo‘lbarsov. – Bundan tashqari mahallalarda “O‘n tup ko‘chat mening tuhfam” shiori ostidagi loyha ham amalga oshirilmoqda.
Quvani bog‘larning onasi deb bejiz aytishmagan. Shu yilning o‘zida 53 million dona ko‘chat yetkazdi, quvalik bog‘bon-fermerlar. Ular orasida eng noyob ko‘chatlargacha bor. Viloyatning barcha shahar-tumanlariga shu yerdan olib ketishyapti.
Xayriya hasharining axborot-tahlil markaziga soat sayin joylarda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar kelib tushyapti.
— Umumxalq xayriya hashari shtabiga kelib tushayotgan ma’loumotlarga yeo‘ra, bugun bu tadbirda 1 milliondan ortiq farg‘onaliklar ishtirok etyaptilar. Ularning 650 mingdan ortig‘i yoshlardir. Kun davomida 450 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxtlar ekilishi rejalashtirilgan, - deydi Bahodirjon Yo‘lbarsov.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/UO2rznMDgck" title="Farg‘onada umumxalq xayriya hashari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (tasvirchi), O‘zA