Farg‘onada "KARANTIN-REYD" maxsus tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan maxsus komissiyasining 69, 74, 77- sonli bayonida ko‘rsatilgan qarorlariga asosan Farg‘ona viloyatining barcha shahar -tumanlarida viloyat IIB mas’ullaridan iborat tuzilgan guruh rahbarligida «KARANTIN-REYD» maxsus tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Tadbir davomida asosiy e’tibor bozorlarda cheklovlarga rioya qilish, ko‘ngilochar ob’ektlar - restoran, tungi klublar, diskoteka, diskoteka karaoke, bilyard zallari, kompyuter o‘yinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish ob’ektlari - kafe, oshxona, choyxonalarni 20:00 dan keyin ish vaqtini tugatilishi ta’minlanishiga qaratilmoqda.

Tadbir boshidan buyon 169 ta holatda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, umumiy ovqatlanish joylari rahbarlari va boshqa yuridik shaxslarga nisbatan hamda 43 ming nafardan ziyod niqobsiz yurgan fuqarolarga nisabatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-modda 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Yuqoridagi o‘tkazilayotgan tadbirlar faqatgina kimnidir javobgar qilib, jarima undirish maqsadida emas, aksincha fuqarolarini sog‘lig‘ini xavf ostida qolishini oldini olish hamda viloyatda epidimiologik vaziyat barqarorligini saqlab qolish dolzarb vazifamiz ekanligini nazarda tutgan.
M. Sulaymonov, O‘zA