Farg‘ona davlat universiteti karantinga yopildi
Farg‘ona davlat universitetining 2021 yil 26 aprel kungi Kengash yig‘ilishi qaroriga muvofiq, infeksiya yuqtirib olish va virus tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida 26 aprel sanasidan universitetda 14 kunlik karantin joriy etildi. Dars mashg‘ulotlari ertadan — 27 aprel sanasidan boshlab onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Karantin davrida oliy ta’lim muassasasi xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, yana an’anaviy shaklga qaytilishi belgilandi.
M. Sulaymonov, O‘zA