Fargʻonada aholi oʻrtasida koronavirus aniqlanmagan
Xabaringiz bor, shu yilning 6-iyul kuni uch nafar koronavirusga chalingan bemor Fargʻona viloyati aholi orasida aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Xabaringiz bor, shu yilning 6-iyul kuni uch nafar koronavirusga chalingan bemor Fargʻona viloyati aholi orasida aniqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi. Koronavirusni kirib kelishi va tarqalishini oldini olishni muvofiqlashtiruvchi Fargʻona viloyati shtabining maʼlumotiga koʻra uch nafar bemor aholi oʻrtasida aniqlanmagan.
Epidemiologik surishtiruvlarga koʻra, Toshkent shahar fuqarosi poytaxtda tahlil topshirgan va javobi 5 kunda ham chiqmagandan soʻng Fargʻona viloyatiga qarab yoʻl olgan. Fargʻonaga kirib kelgandan soʻng tahlil natijalari aniqlangach viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi mutaxassislari tomonidan shu zahoti ushbu fuqaroni 2 nafar oila aʼzosi bilan viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Yana bir fargʻonalik fuqaro Toshkentda harbiy qismda xizmat qilgan. U 2020-yilning 1-iyul kuni Toshkent shahrida koronavirusga tahlil topshirgan. Fuqaroga yoʻlga chiqqandan soʻng telefon orqali kasallik borligiga gumon qilinganligi toʻgʻrisida xabar qilingan.
Holat boʻyicha masʼullar tomonidan chora-tadbirlar belgilanib, qayta surtma tahlil olingan va fuqaro viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Koronavirusga chalingan uchinchi fuqaro asli samarqandlik boʻlib, ikki kun avval Samarqanddan Fargʻonaga mehnat taʼtilidan ishga qaytayotganligi sababli kelgan hamda infeksiyaga laborator tahlil asosida test topshirgan. Unda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangach, viloyat 2-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasiga oila aʼzolari bilan birgalikda karantin hududiga yotqizilgan.
Epidemiologik surishtiruvlar boʻyicha koronavirus infeksiyasi fuqarolarga Toshkent shahrida hamda Samarqand viloyatida yuqqan degan xulosaga kelindi.
Hozirda kasallik manbasini aniqlash yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Ayni damda qoʻshni viloyatlar va tumanlararo sanitar postlari tashkil etilgan.