Faol yoshlar yetakchilarining ota-onalari taqdirlandi
Ma’lumki, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mahallalarda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda eng samarali natija ko‘rsatgan yoshlar yetakchilari aniqlanib, har chorak yakunida taqdirlanadi.
Bu ro‘yxatdan joy olgan yoshlar yetakchilari mahalla tizimida o‘z bilim va fidoyiliklari bilan yoshlarga yo‘l ko‘rsatib, ularning maqsad va intilishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda. Endilikda ularning muvaffaqiyatiga bevosita hissa qo‘shgan ota-onalari ham e’tirof etilmoqda.

Xususan, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida Yoshlar ishlari agentligi hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan yoshlar yetakchilarining ota-onalariga minnatdorlik bildirildi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA