“Faol hayotga qadam”: katta yoshdagilarga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarda muhim yangilik (+video)
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ehtiyojmand qatlamlarni qamrab olish hamda ular uchun sifatli xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan islohotlar davom etmoqda. Shu maqsadda “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartiblari takomillashtirildi hamda yangi imkoniyatlar yaratildi.
Xususan, Hukumatning joriy yil 2026 yil 29 yanvardagi tegishli qaroriga ko‘ra, endilikda xulq-atvori buzilishlari bo‘lmagan ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi Demensiya, Alsgeymer yoki Parkinson kasalligi tashxisi qo‘yilgan shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati ko‘rsatiladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi Jasurbek Lazizjonov mazkur hujjatning mohiyati xususida to‘xtalib o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KFHZ9EkKfuY" title="“Faol hayotga qadam”: katta yoshdagilarga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarda muhim yangilik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA