Falastin va Isroil oʻrtasida muzokara faollashadi
Yevropa Ittifoqi, Arab davlatlari ligasi (ADL) hamda Saudiya Arabistoni Isroil va Falastin oʻrtasida tinchlik jarayonini qayta boshlash yoʻlini ishlab chiqadigan qoʻshma uch tomonlama guruh tuzadi. Bu haqda YEI tashqi siyosat boʻyicha vakili Jozep Borrel Saudiya tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon As-Saud va ADL bosh kotibi Ahmad Abu Al-Gayt bilan kechgan muzokaradan soʻng maʼlum qildi.
- Biz Isroil va Falastin oʻrtasida yakuniy tinchlik kelishuviga erishish uchun uch tomonlama guruh tuzishga qaror qildik, - dedi Borrel. – Mazkur tuzilma oʻz oldiga ishtirokchi davlatlar hukumati va xalqaro tashkilotlar umumiy ishga qanday hissa qoʻshishi mumkinligini aniqlashni talab qiladigan yaxlit mintaqaviy yondashuv boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadini qoʻyadi.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu 2022-yil 22-dekabrda yangi tuzilgan hukumatning asosiy vazifalaridan biri Isroil va arab davlatlari oʻrtasida “tinchlik doirasini keskin kengaytirish” boʻlishini aytgan edi.
OʻzA