Falastin elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarauvchi Vladimir Norov Falastin Davlatining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Javod Muhammad Avodni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.
V.Norov ishonch yorlig‘i nusxasini qabul qilar ekan, Elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyat tiladi.

Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatning joriy holati va sheriklikni yanada mustahkamlash istiqbolini, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqa bilan bog‘liq dolzarb jihatlarni muhokama qildilar.

Bo‘lajak turli darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
O‘zA