Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz!
FOTOREPORTAJ
Namanganda “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz!” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirlarda poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh ziyolilar – taniqli olimlar, teatr va kino aktyorlari, shoir va yozuvchilar qatnashib, aholiga xush kayfiyat ulashmoqda.
Targ‘ibot guruhi a’zolarining navbatdagi manzili Yangiqo‘rg‘on tumani Qutlug‘tol mahallasidagi “Ma’naviyat va ma’rifat uyi” bo‘ldi. E’tiborlisi, bu maskan yangiqo‘rg‘onlik ijodkor Sojida Mamajonova xonadonida tashkil etilgan.
[gallery-16531]
Mehmonlar “Ma’naviyat va ma’rifat uyi” sohibasi bilan yaqindan suhbat qilib, xonadonda tashkil etilgan uy kutubxonasi bilan tanishdi hamda kitobxonlikka bergan e’tibori uchun oilaga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Chust tumanidagi Zarafshon mahallasida nuroniy onaxonlar, uy bekalari va talaba yoshlar ishtirokidagi madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri ham taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.
Tadbirda farzandlariga yaxshi tarbiya berib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Muyassar aya Madaliyevaga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni hamda farzand tarbiyasida namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh ayollarga bayram sovg‘alari topshirildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA