"Ezgulik patruli" el xizmatida(video)
Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining markazi Guliston shahrida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayli bo‘lib o‘tmoqda.
Barchaga ma’lumki, bunday paytlar tadbir hududida avtomobillar harakati cheklanadi.Aholi orasida esa yosh bolalar,piyoda yurishga salomatligi pand beruvchi yurtdoshlarimiz ham bo‘ladi.



Shunday paytlarda Sirdaryo viloyati IIB JXX YXHBning ayol xodimlaridan tashkil topgan guruhi aholiga tezkorlik bilan xizmat ko‘rsatmoqda.Xodima qizlar maxsus mayoqchalar bilan jihozlangan "Treker" maxsus avtomobilida o‘z vazifalarini sidqidildan ado etib, aholining olqishiga sazovor bo‘lishmoqda.


<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nUC5QJpct-A" title="“Ezgulik patruli” el xizmatida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri