Eshmurodova Dilnora Bahodir qizining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari» mavzusida
Eshmurodova Dilnora Bahodir qizining 14.00.27 - Xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha «Pararektal oqma yaralarni xirurgik davolashda lazer texnologiyalarining imkoniyatlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 3-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 10-uy, “Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM, 7-qavat konferens-zali.
Tel.: (99871) 230-49-98; faks: (99871) 230-45-60;
e-mail: rscs.uz;