Ertaga Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada birinchi savatdan joy olgan va Osiyo grantlari hisoblangan Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya bilan guruh bosqichida ro‘baro‘ kelmaydi.
Kelasi yilning yanvar-fevral oylarida Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi bahslarining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.
Osiyo kubogining final bosqichiga qur’a tashlash marosimi ertaga Saudiya Arabistoni poytaxti Riyod shahrida joylashgan UNESCOning Butunjahon merosi ro‘yxatidan joy olgan Diriya xarobalari ochiq maydonida bo‘lib o‘tadi. Qur’a tashlash marosimida Yaponiya terma jamoasi sobiq yulduzi Xidetoshi Nakata, Saudiya Arabistoni terma jamoasi sardori Salim Al-Dovsari, Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamol Sellami va Ayollar o‘rtasida Osiyo kubogi hakami Janubiy koreyalik Kim Yu-Jeong bevosita ishtirok etadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 23:00da start olishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi qur’ada birinchi savatdan joy olgan va Osiyo grantlari hisoblangan Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya bilan guruh bosqichida ro‘baro‘ kelmaydi.

Osiyo kubogi terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro uchun O‘zbekiston boshqaruvidagi ilk katta xalqaro turnirga aylanadi. Bungacha Fabio jamoamiz bilan "Al-Ain Cup" va FIFA Series kabi o‘rtoqlik turnirlarida g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi turniri 2027-yilning 7-yanvaridan 5-fevraliga qadar Saudiya Arabistonining Riyod, Jidda va Dammam shaharlarida bo‘lib o‘tadi.