Eronning mundial oldidagi tayyorgarlik rejalari barbod bo‘ldi
Eron terma jamoasi Angola va Shimoliy Makedoniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdan voz kechishga majbur bo‘ldi va hozircha jamoada turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun raqib yo‘q.
Eron terma jamoasi Angola va Shimoliy Makedoniya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishdan voz kechishga majbur bo‘ldi va hozircha jamoada turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun raqib yo‘q. Shuningdek, mamlakatdagi murakkab siyosiy vaziyat tufayli jamoaning mundialda ishtirok etishi ham so‘roq ostida qolmoqda.
derbyderbyderby.it nashrining Eron manbalariga tayanib xabar berishicha, Angola va makedoniyaliklarning o‘yindan bosh tortishiga faqatgina siyosiy sabablar asos bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Makedoniya 2018-yildan beri NATO a’zosi hisoblanadi. Yirik neft qazib oluvchi davlat bo‘lgan Angola ham iqtisodiy jihatdan G‘arb mamlakatlari bilan chambarchas bog‘liq va ularni ortiqcha g‘azablantirishni istamaydi. Shu sababli ham, har ikki jamoa oxirgi pallada «ortga chekingan».
Hozirda Eron terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtiroki borasida ham aniq to‘xtamga kelinmagan.
Forslar mundialda “G” guruhida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o'yinlarda ishtirok etishi kerak.