Eronlik iqtisodchi chuqurlashib borayotgan iqtisodiy inqirozdan ogohlantirdi
Eronlik iqtisodchi Mas’ud Niliy “Donya-ye Eqtesad” gazetasi e’lon qilgan maqolada mamlakat uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz tufayli tarixiy chorrahada qolgani, uy xo‘jaliklari daromadi keskin pasayib, narx ko‘tarilgani, mehnat bozorida muammo kuchayganini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yildan beri milliy valyuta qariyb 50 barobar, narx o‘rtacha 19 karra oshgan. Masalan, oziq-ovqat 34-marta qimmatlashgan. Binobarin, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarilishi turg‘un, aholi jon boshiga sof daromad qariyb 12 foiz kamaygan. Shu davrda taxminan 16 million kishi qashshoqlik chegarasidan pastga tushdi.
Olim mehnat bozoridagi vaziyat yomonlashganiga ham e’tibor qaratgan. Masalan, 2025-yil bahordan buyon Eron taxminan 630 000 sanoat ish o‘rnini yo‘qotgan. Muammo yoshlar va ayollar orasida ayniqsa dolzarb.
Niliyning fikricha, to‘planib qolgan iqtisodiy muammo boshqaruv sohasidagi chuqur inqirozni aks ettirmoqda. Ya’ni, Islom Respublikasi qarama-qarshilik yo‘nalishini davom ettirish va barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tizim orasida tanlov qilish arafasida turibdi.
S.Rahimov, O‘zA