Eron terma jamoasi Meksikaga noodatiy tarzda tashrif buyurdi
Bu raqam 2026-yilning 28-fevralida qurolli hujum oqibatida halok bo‘lgan bolalar sonini anglatadi.
Eron milliy terma jamoasi Meksika 168 raqami tushirilgan nishonlar bilan keldi
Xabar qilinishicha, Eron milliy terma jamoasi delegatsiyasi Meksikaga 168 raqami tushirilgan maxsus nishonlar taqqan holda tashrif buyurgan. Bu raqam 2026-yilning 28-fevralida qurolli hujum oqibatida halok bo‘lgan bolalar sonini anglatadi. Amerika raketasi Erondagi maktabga zarba bergan va ko‘plab bolalar vafot etgan. Ularning aksariyat qismi esa qizlar edi. Keyinchalik bu hujum AQSh harbiylarining xatosi ekani tasdiqlangan va umumiy hisobda 175 kishi halok bo‘lgan.
Avvalroq Eron terma jamoasining mashg‘ulotlar bazasi AQSHdan Meksikaga ko‘chirilgan edi.