Eron terma jamoasi AQSH vizasini oldi, biroq cheklovlar mavjudI
AQSh rasmiylari Eron delegatsiyasiga mamlakat hududida uzoq muddat qolishga ruxsat bermagan.
Insayder Romen Molinaning xabar berishicha, Eron milliy terma jamoasi a’zolari AQShga kirish vizalarini qo‘lga kiritishdi.
Navbatdagi yirik mojaroning oldini olish maqsadida FIFA tomonidan ko‘rsatilgan kuchli bosimdan so‘ng, vizalar AQShning Turkiyadagi elchixonasida rasmiylashtirilgan. Shunga qaramay, jamoaning asosiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini (O‘MY) Meksikada bo‘lib o‘tadi. Sababi — AQSh rasmiylari Eron delegatsiyasiga mamlakat hududida uzoq muddat qolishga ruxsat bermagan.
Shu tariqa, Eron terma jamoasi AQSh hududida o‘tadigan uchrashuvlarda ishtirok etganidan so‘ng, zudlik bilan Meksikadagi qarorgohiga qaytishga majbur bo‘ladi.