Eron Isroilning Livanga zarbasiga javoban Hurmuz bo‘g‘ozini qayta yopdi
Vashington bilan kelishuvga qaramay, Tehron Isroil harbiylarining Livanga qaratilgan kuchli zarbasidan so‘ng Hurmuz bo‘g‘ozini qayta yopishni buyurdi, deb xabar berdi Euronews.
Eron davlat ommaviy axborot vositalari ham Hurmuz bo‘g‘ozi Isroilning Livanga hujumlariga javob sifatida yopilganini ma’lum qildi.
Eronning bu qarori ikki haftalik tinchlik kelishuvi kuchga kirgan kunga to‘g‘ri keldi. Bu kelishuv Tehron va Vashington orasida oylab davom etgan qurolli to‘qnashuvlarga barham bergan edi.
Tinchlik kelishuvining asosiy shartlaridan biri - Eron Hurmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatini qayta yo‘lga qo‘yishi kerak edi. Bu esa neft va gaz yetkazib berishdagi to‘siqlarni yumshatib, narxlarni barqarorlashtirishi lozim edi.
Ammo, AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu tinchlik kelishuvida Livan nazarda tutilmaganini aytgan. Ammo muzokaralarda vositachi sifatida qatnashgan Pokiston buni rad qilmoqda.
Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilishicha, Isroil havo zarbalari natijasida kamida 112 kishi halok bo‘lib, 837 kishi jarohat olgan. Eng achinarlisi, bu zarbalarni kelishuvdan keyin Isroil harbiylari amalga oshirgan.
Isroil harbiylarining bayonotida aytilishicha, ularning maqsadi faqat harbiy infratuzilmalarni yo‘q qilish bo‘lgan.
<iframe width="412" height="732" src="https://www.youtube.com/embed/NilIlbqjeHw" title="Eron Isroilning Livanga zarbasiga javoban Hurmuz boʼgʼozini qayta yopdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, O‘zA