Eron Hurmuzni barcha kemalar uchun yopdi
Eron AQSH zarbalaridan so‘ng strategik ahamiyatga ega Hurmuz bo‘g‘ozi barcha kemalar uchun yopilganini e’lon qildi. Bu qaror mintaqaviy keskinlikni yangi bosqichga ko‘tarmoqda.
Amerika tomonidan berilgan so‘nggi zarbalardan so‘ng Tehron Hurmuz bo‘g‘ozini barcha turdagi kemalar harakati uchun yopganini e’lon qildi. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar bergan. Eron Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, mintaqadagi keskin vaziyat va Vashingtonning harbiy harakati sababli strategik ahamiyatga ega ushbu bo‘g‘ozda harakatlanish vaqtincha taqiqlangan.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, joriy etilgan cheklov neft tankerlaridan tortib, oddiy savdo kemalarigacha, barcha turdagi dengiz transporti vositalariga tegishli. Mazkur keskin qaror Amerika armiyasining Hurmuzgon viloyatidagi ayrim hududlarga uyushtirilgan hujumga javob sifatida izohlagan. Bundan oldin AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududidagi bir necha harbiy nishonga zarba yo‘llanganini tasdiqlagan edi. Vashington ushbu amaliyot faqat o‘zini himoya qilish maqsadida amalga oshirilganini da’vo qilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA