Erkin kurashchilar bahsi yakunlandi
Poytaxtimiz mezbonligida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida erkin kurash yo‘nalishi bo‘yicha bahslar o‘z yakuniga yetdi.
Erkin kurash bahslarining so‘nggi kunida vazni -61 kg. bo‘lgan Behruz Turanmuratov barcha raqiblarini taslim etgan holda mamlakat chempioniga aylangan bo‘lsa, ushbu vaznda Arslon Rahimov kumush, Abdulloh Jaloliddinov va Samandar Turdiboyev bronza medaliga ega chiqdi.

-70 kg. vazn toifasida esa Begijon Qo‘ldoshev, Nodir Rahimov, Zaurbek Bugulov va Jaloliddin Ismoilov g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Shuningdek, mamlakat chempionatida Asadbek Karimov, Bobur Islomov va Sardor Xolmatov kabi polvonlar o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Shu tariqa, sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan erkin kurashchilar terma jamoa tarkibidan o‘rin olgan holda kelgusidagi nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ko‘radi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA