Erkin A’zam nasrida takrorning emotsional-ekspressiv va pragmatik funksiyalari
Mohichehra Rustamovna NAMOZOVA tayanch doktorant Termiz davlat universiteti Termiz, Oʻzbekiston E-mail: mnamozova64@gmail.com https://orcid.org/0009-0004-2545-8226
Annotatsiya
Maqolada Erkin A’zam nasrida takror hodisasining emotsional-ekspressiv va pragmatik funksiyalari lingvopoetik nuqtayi nazardan tadqiq etilgan. Tadqiqot materiali sifatida yozuvchining “Pakananing oshiq ko‘ngli”, “Shoirning to‘yi”, “Bizning tog‘a”, “Anoyining jaydari olmasi” hamda “Shovqin” asarlaridan olingan parchalar tanlangan. Tavsifiy, kontekstual, lingvopoetik, pragmatik va qiyosiy tahlil usullari asosida leksik, sintaktik, morfologik hamda kompozitsion takrorlarning badiiy vazifalari aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: takror, lingvopoetika, emotsionallik, ekspressivlik, pragmatika, aktualizatsiya, psixologizm, ichki monolog, kinoya, Erkin A’zam.