Enso Mareska: «Eng muhimi — ilk kundan beri ustida ishlayotgan g‘oyalarimizni ko‘rdim»
Bizga qanotlarda sifatli futbolchilar kerak. Semenyo va Savinyo kabi o‘yinchilar vaziyatlar yaratishga harakat qilishmoqda.
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Janubiy Koreya K-ligasi yulduzlari ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu yoqimli tuyg‘u. Ammo eng muhimi, biz ilk kundan beri shakllantirishga harakat qilayotgan o‘yinni maydonda ko‘rdim.
Futbolchilar buni namoyish etish uchun katta mehnat qilishdi va bu men uchun juda muhim.
Bizga qanotlarda sifatli futbolchilar kerak. Semenyo va Savinyo kabi o‘yinchilar vaziyatlar yaratishga harakat qilishmoqda.
Divin Mubama gol urdi. U har bir mashg‘ulot va har bir kunidan zavqlanmoqda», — dedi Mareska.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini 16-avgust kuni o‘tkazadi. «Shaharliklar» Angliya Superkubogi uchun bahsda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.