Eng kuchli akademik eshkak eshuvchilar saralandi
Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida turli hududlardan tashrif buyurgan yoshlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi tarkibini shakllantirish va kelgusida o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etish uchun saralash vazifasini o‘tab bergan musobaqada 500 nafardan ortiq akademik eshkak eshuvchi ishtirok etdi.

Unda Sarvar Mamarasulov, Fotima Tohirjonova yakkalik, Mehriddin Eshpo‘latov va Ismoil Ahmadov, Sabrina Abdurashidova hamda Aygul Jalimbetova juftlik bahslarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, Fotima va Zuhra Tohirjonova, Zuhra Tohirjonova, Durdona Murodova, Surayyo Qo‘zimurodova to‘rtliklar o‘rtasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, yana akademik eshkak eshish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi.
Bugun ushbu sport turi bo‘yicha U23 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati boshlanadi va 17 aprel kuniga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA