Eng ko‘p ichadigan kasb egalari ma’lum qilindi
Ayollar o‘rtasida esa rahbar xodimlar eng aroqxo‘r bo‘lib chiqdi. Bu haqda yaqinda BMC Public Health jurnalida maqola chop etilgan.
Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkaklar orasida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ishchi kasb egalari, quruvchilar va ishlab chiqarishda ishlaydiganlar orasida ko‘p kuzatilar ekan. Ayollar o‘rtasida esa rahbar xodimlar eng aroqxo‘r bo‘lib chiqdi. Bu haqda yaqinda BMC Public Health jurnalida maqola chop etilgan.
Liverpul universiteti olimlari amalga oshirgan ushbu tadqiqotlarda ishtirokchilar o‘z anketalarida har haftada alkogol iste’mol qilishi hamda qanday kasb egasi ekanini yozgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, erkaklar orasida spirtli ichimlikni eng ko‘p iste’mol qiluvchilar qurilish va ishlab chiqarishda ishlayotgan kasb egalari bo‘lib chiqdi. Eng kam ichadigan esa dindorlar, amaliyot o‘tayotgan vrachlar, fiziklar, geologlar va meteorologlar ekan.
Ayollar orasida eng ko‘p ichadiganlar oliy va o‘rta bosqichdagi rahbarlar ekani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktab o‘qituvchilari, vrach ayollar va olimalar kam ichadiganlar toifasiga kiruvchi kasb egalari ekan.
Olimlarning fikricha, ular amalga oshirgan tadqiqot natijalari qaysi ish joylarida va bandlik sohalarida ichkilikning oldini olish dasturlari yanada samarali bo‘lishini aniqlashga yordam beradi.